“TuronBank” ATB Boshqaruv Raisi o‘rinbosari Tohir Ahmedov Qoraqalpog‘iston Respublikasida bo‘lib, bank mijozlari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi hamda ularning amalga oshirayotgan loyihalari bilan yaqindan tanishdi.

Uchrashuvlar davomida tadbirkorlik subyektlarining faoliyati o‘rganilib, mavjud imkoniyatlar, ishlab chiqarish quvvatlari va istiqboldagi rejalar muhokama qilindi. Shuningdek, biznesni yanada rivojlantirish, yangi loyihalarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash hamda samaradorlikni oshirish yuzasidan amaliy tavsiyalar berildi.

Jumladan:
  • “Sirius School” NDTТ tomonidan tashkil etilayotgan xususiy maktab loyihasi bilan tanishildi. Mazkur ta’lim maskani hududda zamonaviy ta’lim xizmatlarini yo‘lga qo‘yishga qaratilgan.
  • “Mo‘ynoq Sut” MChJda sut mahsulotlarini ishlab chiqarish jarayoni hamda ishlab chiqarish hajmini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
  • “Oral Agro” MChJning qishloq xo‘jaligi yo‘nalishidagi faoliyati o‘rganildi. Korxonada yangi tomat pastasi ishlab chiqarish hamda restoran tashkil etish loyihalari amalga oshirilmoqda. Tohir Ahmedov mazkur ikki loyiha jarayoni bilan ham bevosita tanishdi.
Uchrashuvlar davomida hudud tadbirkorlarini qo‘llab-quvvatlash, yangi ish o‘rinlari yaratish va ishlab chiqarish hajmini oshirish borasida hamkorlikni yanada mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

TuronBank hududlarda tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va istiqbolli loyihalarni moliyalashtirish orqali iqtisodiy faollikni oshirishni davom ettiradi.

photo_6_2026-02-13_10-45-26.jpg
photo_5_2026-02-13_10-45-26.jpg
photo_4_2026-02-13_10-45-26.jpg
photo_3_2026-02-13_10-45-26.jpg
photo_2_2026-02-13_10-45-26.jpg
photo_1_2026-02-13_10-45-26.jpg