​"TuronBank" ATB Boshqaruv Raisi o'rinbosari Tohir Ahmedov Qoraqalpog‘iston Respublikasining Shumanay tumanida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Uchrashuvda Shumanay tumani hokimi o'rinbosari Kalniyazov Amanbay, Markaziy bank hududiy boshqarmasi xodimi hamda TuronBankning Qoraqalpog'istondagi BXM rahbari ham ishtirok etdi.  

Uchrashuv davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ–49-son qarorining mazmun-mohiyati atroflicha tushuntirildi. Shu bilan birga Qoraqalpog‘iston Respublikasida tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan imtiyozlar, yengilliklar va moliyaviy qulayliklar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Ochiq muloqot formatida tashkil etilgan uchrashuvda tadbirkorlarning taklif va tashabbuslari tinglanib, ularni qiynayotgan muammolar, moliyalashtirish, kreditlash, bank xizmatlaridan foydalanish bilan bog‘liq masalalar yuzasidan fikr almashildi. Bildirilgan murojaat va takliflar bo‘yicha tegishli tushuntirishlar berilib, ularni amaliyotga tatbiq etish yuzasidan takliflar ilgari surildi.

Mazkur uchrashuv hududda tadbirkorlik muhitini yanada yaxshilash, biznes subyektlarini qo‘llab-quvvatlash va bank–tadbirkor hamkorligini mustahkamlashga xizmat qilishi ta’kidlandi.

photo_7_2026-02-13_10-29-42.jpg
photo_6_2026-02-13_10-29-42.jpg
photo_5_2026-02-13_10-29-42.jpg
photo_5_2026-02-13_10-29-42.jpg
photo_2_2026-02-13_10-29-42.jpg
photo_3_2026-02-13_10-29-42.jpg
photo_1_2026-02-13_10-29-42.jpg