20 Okt 2025
Singapurning tijorat banklari bilan uchrashuv
Joriy yilning 20-oktabr kuni “Turonbank“ ATB vakillari Singapur tijorat banklari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Singapurda Hindistonning milliy bayrami Deepavali bo‘lishiga qaramay, Citibank Singapore bankining biznes departamenti direktori o'rinbosari va bank vakillari bilan muloqot tashkil etildi. Uchrashuvda banklar o‘rtasida hamkorlik yo‘nalishlarini o‘rganish hamda kelgusidagi aloqalar bo‘yicha dastlabki fikr almashildi.
Turonbank tomonidan xalqaro moliyalashtirish, to‘lov tizimlari va biznes subyektlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha mavjud imkoniyatlar taqdim etildi.
Tomonlar uchrashuvlarni yaqin kunlarda davom ettirib, hamkorlikning aniq yo‘nalishlari va amaliy mexanizmlarini belgilashga kelishib oldilar.
Ushbu uchrashuv kelgusida banklar o‘rtasida qo‘shma tashabbuslarni bosqichma-bosqich yo‘lga qo‘yish va amaliy hamkorlikni mustahkamlash uchun zamin yaratdi.
Turonbank – ishonchli hamkor, global moliyaviy integratsiya tarafdori.

Muallif: Matbuot xizmati
Manba:
Matbuot xizmati