Sirdaryoda amaliy o‘rganishlar — loyihalar samaradorligi diqqat markazida

“Turonbank” ATB Boshqaruv Raisining birinchi o‘rinbosari S.Kaldibayev joriy yilning 6-fevral kuni Sirdaryo viloyatida bo‘lib, hududda bank ishtirokida amalga oshirilayotgan investitsion va ishlab chiqarish loyihalari samaradorligi bilan yaqindan tanishdi.

Sirdaryodagi o‘rganishlar davomida bankning moliyaviy ko‘magi asosida qurilayotgan “Xurshid Best Building” MChJda amalga oshirilayotgan qurilish ishlari ko‘rib chiqildi, SBT “Sarbonteks” MChJda esa korxona faoliyati bilan tanishilfi. Shuningdek, “Beton sanoat” MChJda hamkorlik masalalari yuzasidan uchrashuv o‘tkazilib, “Promeat Guliston” MChJda issiqxonani sog‘lomlashtirish yuzasidan joyiga chiqqan holda o‘rganish ishlari olib borildi.

Mazkur o‘rganishlar hududda real loyihalarni qo‘llab-quvvatlash, tadbirkorlikni rivojlantirish va bank hamkorligini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Turonbank — barqaror rivojlanish va ishonchli hamkor!

photo_1_2026-02-09_14-33-14.jpg
photo_2_2026-02-09_14-33-14.jpg
photo_3_2026-02-09_14-33-14.jpg
photo_4_2026-02-09_14-33-14.jpg
photo_5_2026-02-09_14-33-14.jpg
photo_6_2026-02-09_14-33-14.jpg
photo_7_2026-02-09_14-33-14.jpg