Surxondaryo BXM: Milliy ruh – samimiy muhit!

“Turonbank” ATB tizimida keng nishonlanayotgan “Milliy liboslar kuni” Surxondaryo bank xizmatlari markazi jamoasi tomonidan o‘ziga xos yondashuv va samimiy ishtirok bilan qarshi olindi.

Bugun xodimlarimiz milliy liboslar, an’anaviy bosh kiyimlar va o‘zbekona iftixor bilan ish faoliyatini boshladilar. Bu nafaqat tashqi ko‘rinishdagi o‘zgarish, balki qalbdan qalbga yetadigan milliy g‘urur va qadriyatlarni his qilish, ulashish, asrab-avaylash ifodasidir.

   Ushbu tashabbus orqali Surxondaryo BXM:
  • xalqimizning boy madaniy merosi va urf-odatlarini qadrlashga o‘z hissasini qo‘shdi,
  • milliy qadriyatlarni kundalik hayotga olib kirish orqali samimiy va iliq muhit yaratdi,
  • yoshlar orasida milliylik, vatanparvarlik va o‘zlikni anglash tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qildi.
Turonbank — o‘z mijozlariga yaqin, milliy qadriyatlarni ulug‘laydigan va zamonaviy yondashuvni uyg‘unlashtirgan ishonchli moliyaviy hamkor!

photo_2025-09-12_19-57-02.jpg
photo_2025-09-12_19-57-02 (2).jpg
photo_2025-09-12_19-57-03.jpg
photo_2025-09-12_19-57-03 (2).jpg
photo_2025-09-12_19-57-04.jpg
photo_2025-09-12_19-57-01.jpg