7 Okt 2025
Tarixiy tashrifga munosabat!
Prezidentimizning AQShga amalga oshirgan amaliy tashrifi yurtimiz tarixida alohida sahifa bo‘lib yozildi. Bu tashrif nafaqat xalqaro miqyosdagi diplomatik yutuq, balki 38 millionlik O‘zbekiston xalqi uchun keng imkoniyatlar eshigini ochgan tarixiy voqea sifatida e’tirof etilmoqda.
Mazkur tashrifning mazmun-mohiyati va yoshlar uchun ibratli jihatlari haqida “Turonbank” ATB boshqaruvi raisining matbuot kotibi Shoxrux Qo‘chqarovning “Yangi O‘zbekiston” gazetasiga bergan “So‘z va amal birligi — yoshlar uchun oliy ibrat maktabidir” nomli maqolasida atroflicha yoritilgan.
Maqolada ta’kidlanishicha, Prezidentimizning 22-sentabr kuni Nyu-York shahrida o‘tgan uchrashuvlari — 20 dan ortiq xalqaro tashkilotlar, yirik kompaniyalar rahbarlari bilan bo‘lgan muloqotlar — mamlakatimiz uchun yangi iqtisodiy hamkorlik, sarmoya va innovatsiyalarni jalb etish imkonini yaratdi.
Bugungi globallashuv davrida O‘zbekistonning izchil islohotlar yo‘lini qat’iyat bilan davom ettirayotgani, ayniqsa ta’lim, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy sohalardagi o‘zgarishlar yoshlar uchun buyuk ibrat maktabidir.
“Turonbank” ATB jamoasi ushbu tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlab, har bir xodim faoliyatida so‘z va amal birligini ustuvor qadriyat sifatida ilgari suradi.

Muallif: Matbuot xizmati
Manba:
Matbuot xizmati