22 Sen 2025
Transstroybank va Turonbank ATB: birinchi hamkorlik
Rossiyaning Moskva shahrida joylashgan Transstroybank — 1994-yildan buyon faoliyat yuritib kelayotgan bank bo‘lib, asosan yirik infratuzilma loyihalari, qurilish sohasidagi korporativ mijozlar va moliyaviy xizmatlar bilan shug‘ullanadi. Bankning asosiy yo‘nalishlari — investitsion kreditlash, loyihalarni moliyalashtirish va korporativ xizmatlar ko‘rsatishdir.
Joriy yilning 19-sentabr kuni Moskva shahrida Transstroybank va ”Turonbank” ATB o‘rtasida ilk uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv doirasida ikki tomon vakillari o‘zaro tajriba almashdi, hamkorlik istiqbollari va kelgusidagi moliyaviy loyihalarni muhokama qildi hamda ochiq muloqot orqali konstruktiv sheriklikni mustahkamlashga intildi.
Uchrashuv davomida ikki bank vakillari o‘zaro fikr almashib, hamkorlik istiqbollari va rejalarni belgilab oldilar. Bu esa ikki tomonlama aloqalarni yanada rivojlantirishga xizmat qiladigan muhim qadam bo‘ldi.
Turonbank – xalqaro moliya maydonida mustahkam sheriklik tarafdori!

Muallif: Matbuot xizmati
Manba:
Matbuot xizmati