Turonbank — 35 yil ishonch va yutuqlar yo‘lida!

6-noyabr kuni “Turonbank” aksiyadorlik tijorat bankining 35 yilligi munosabati bilan bank Bosh ofisida tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda soha rivojiga o‘z hissasini qo‘shgan faxriylar, turli yillarda bankni boshqargan rahbarlar, bank Kengashi a’zolari hamda hududiy BXM va BXOlardan xodimlar ishtirok etishdi.

Ular o‘z xotiralari, tajribalari va samimiy tilaklari bilan o‘rtoqlashib, Turonbankning shakllanish va rivojlanish yo‘lidagi muhim bosqichlarni eslab o‘tishdi.
Tadbir davomida bankning 35 yil davomida erishgan yutuqlari, amalga oshirilayotgan islohotlar va kelajakdagi strategik rejalari haqida so‘z bordi.

Bugungi kunda Turonbank — o‘z mijozlariga sifatli moliyaviy xizmatlar ko‘rsatayotgan, ishonch va innovatsiyalar timsoliga aylangan zamonaviy bankdir.
Bank 35 yil davomida iqtisodiyotning turli tarmoqlarini qo‘llab-quvvatlab, minglab mijozlar uchun ishonchli hamkor bo‘lib kelmoqda.

Turonbank — o‘z an’analari, jamoasi va yangilikka intilishi bilan yurtimiz taraqqiyotiga hissa qo‘shishda davom etadi!

photo_10_2025-11-11_21-01-54.jpg
photo_9_2025-11-11_21-01-54.jpg
photo_8_2025-11-11_21-01-54.jpg
photo_7_2025-11-11_21-01-54.jpg
photo_6_2025-11-11_21-01-54.jpg
photo_5_2025-11-11_21-01-54.jpg
photo_4_2025-11-11_21-01-54.jpg
photo_3_2025-11-11_21-01-54.jpg
photo_2_2025-11-11_21-01-54.jpg
photo_1_2025-11-11_21-01-54.jpg
photo_4_2025-11-11_21-02-06.jpg
photo_3_2025-11-11_21-02-06.jpg
photo_2_2025-11-11_21-02-06.jpg
photo_1_2025-11-11_21-02-06.jpg