Bugun “Turonbank“ ATB Boshqaruv Raisi o’rinbosari Zohidjon Obidov boshchiligidagi ishchi guruh Farg’ona viloyatining Uchko’prik hamda Bog’dod tumanlaridagi issiqxonalar faoliyati bilan tanishib, tadbirkorlarning muammo va takliflarini o‘rgandi.

Dastlab, Uchko’prik tumani, Kattaqashqar MFYdagi issiqxona egalariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining issiqxona xo‘jaliklarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha muhim chora-tadbirlar belgilangan PF–181-sonli farmoni mazmun mohiyati tushuntirildi. 

Bog’dod tumanidagi 10 sotixli limonchilikka ixtisoslashgan issiqxona egalariga ham farmon haqida batafsil ma’lumot berilib, mazkur hujjat issiqxona sohasi uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochishi ta’kidlandi. 

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF–181-sonli farmonida issiqxona xo‘jaliklarini qo‘llab-quvvatlash, soliq va kredit yukini kamaytirish hamda sohaga investitsiyalarni jalb etish bo‘yicha muhim chora-tadbirlar belgilangan.

photo_2025-10-13_11-01-41.jpg
photo_2025-10-13_11-01-43.jpg
photo_2025-10-13_11-01-45.jpg
photo_2025-10-13_11-01-47.jpg
photo_2025-10-13_11-01-53.jpg