4 Dek 2025
“Turonbank“ ATB Boshqaruv Raisi Sirdaryo viloyatida tadbirkorlar bilan uchrashdi
Joriy yilning 4-dekabr kuni “Turonbank“ ATB Boshqaruv Raisi Sirdaryo viloyatining Mirzaobod tumanida bo‘lib, mahalliy tadbirkorlar tomonidan amalga oshirilayotgan bir qator loyihalarni ko‘zdan kechirdi, ularning ehtiyoj va takliflarini o‘rgandi.
Tuman kesimida tadbirkorlikni rivojlantirishga xizmat qilayotgan quyidagi loyihalar faoliyati ko‘zdan kechirildi:
“Orchid-Beauty” MCHJ — “Yangi O‘zbekiston” mahallasida joylashgan ushbu korxonada mato bo‘yash va tikuvchilik yo‘nalishlarini kengaytirish maqsadida 5,1 mln dollar kredit ajratilgan. Joriy yilda korxona tomonidan 6,2 mlrd so‘mlik mahsulot eksport qilingan.
Issiqxona loyihasi — “Mirzacho‘l” MFYda tashkil etilgan issiqxonada limon va boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirilmoqda.
Oynaga ishlov berish korxonasi — “Toshkent” MFYda oynani kesish va qayta ishlash bo‘yicha faoliyat olib borayotgan korxona bilan tanishildi. Faoliyatni kengaytirish maqsadida 100 mln so‘m kredit ajratilishi belgilangan.
28 ta issiqxona majmuasi — M.Ulug‘bek MFYda markazlashgan ushbu issiqxonalar majmuasi faoliyati ko‘zdan kechirilib, tadbirkorlarning muammo va takliflari o‘rganildi hamda qo‘shimcha choralarni ko‘rib chiqish belgilandi.
“Turonbank“ ATB hududlarda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, yangi ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish va mahalliy iqtisodiyotni mustahkamlashga qaratilgan ishlarini izchil davom ettiradi.

Muallif: Matbuot xizmati
Manba:
Matbuot xizmati