“Turonbank” ATB jamoasi G‘alaba bog‘ida bo‘lishdi.

“Turonbank” ATB jamoasi Mustaqilligimizning 34 yilligi munosabati bilan Bank xodimlari ishtirokida poytaxtimizdagi “G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasiga ekskursiya tashkil etildi.

Tadbir avvalida bank xodimlari mustaqillik yillarida vatanimiz sarhadlarini himoya qilish yo‘lida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar xotirasini abadiylash maqsadida bunyod etilgan “Millat fidoiylari” monumenti bilan tanishishdi.

“Shon-sharaf” muzeyiga sayohat bilan davom etgan safar chog‘ida muzey xodimlari vatanimiz o‘tmishi, shakllanish bosqichlari va muzeyda saqlanayotgan eksponatlarning ahamiyati haqida batafsil so‘zlab berdilar.

Shuningdek, bank vakillari muzey mutaxassislari bilan ochiq muloqotda bo’lib, tarixiy jarayonlar va eksponatlar borasida batafsil ma’lumot oldilar.

Tarixga nazar – kelajakka e’tibordan dalolatdir.

photo_2025-08-25_17-32-09.jpg
photo_2025-08-25_17-32-11.jpg
photo_2025-08-25_17-32-11 (2).jpg
photo_2025-08-25_17-32-12.jpg
photo_2025-08-25_17-32-13.jpg
photo_2025-08-25_17-32-13 (2).jpg
photo_2025-08-25_17-32-14.jpg
photo_2025-08-25_17-32-15.jpg