“Turonbank“ ATB vakillari Sirdaryo viloyatida tadbirkorlar bilan muloqotda boldi!

Joriy yilning 14-oktabr kuni Prezidentimiz boshchiligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishi doirasida berilgan topshiriqlarni o‘z vaqtida ijro etish maqsadida, “Turonbank“ ATB Boshqaruv Raisi o‘rinbosari boshchiligidagi ishchi guruh o‘rganishda bo‘ldi.

Ishchi guruh Sirdaryo viloyati, Mirzaobod tumanidagi Yangi O‘zbekiston, Mirzacho‘l, Dangariq va Mirzo Ulug‘bek mahallalarida bo‘lib, faoliyat olib borayotgan mahalla bankirlari va yordamchi agentlar tomonidan aholi va tadbirkorlik subyektlariga bank xizmatlari ko‘rsatilishi, biznes tashabbuslarning qo‘llab-quvvatlanishi joyiga chiqqan holda amaliy ishlar o‘rganildi.

Mahallalarda o‘tkazilgan faol ishlar nafaqat bank xizmatlarini aholiga yaqinlashtiradi, balki tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlaydi, yangi ish o‘rinlarini yaratishga yordam beradi va mahallalardagi iqtisodiy faollikni yanada oshiradi.

Turonbank – aholiga yaqin xizmat tarafdori

photo_2025-10-20_18-39-46.jpg
photo_2025-10-20_18-39-45 (2).jpg
photo_2025-10-20_18-39-45.jpg
photo_2025-10-20_18-39-44 (2).jpg
photo_2025-10-20_18-39-44.jpg
photo_2025-10-20_18-39-43.jpg
photo_2025-10-20_18-39-42 (2).jpg