30 Dek 2025
“Turonbank“ ATB yoshlar yetakchisi — TOP-30 da!
Yoshlar siyosatini samarali amalga oshirish, ularning faolligi va salohiyatini yuzaga chiqarish yo‘lida olib borilayotgan izchil ishlar yuksak e’tirof etilmoqda.
150 dan ortiq vazirlik va idoralar orasidan yoshlar bilan ishlash borasida ilg‘or tajriba namoyon etgan TOP-30 nafar yosh xodim saralab olingani mamlakatimizda yoshlar masalasiga berilayotgan e’tiborning yorqin ifodasidir.
Quvonarlisi, ushbu nufuzli ro‘yxatdan “Turonbank” ATB Bosh bank yoshlar yetakchisi Kamol Zuhurov ham munosib o‘rin egalladi. Bu yutuq bankimizda yoshlar bilan ishlash tizimli yo‘lga qo‘yilgani, ularning tashabbus va g‘oyalari doimiy qo‘llab-quvvatlanayotganining amaliy natijasidir.
Kamol Zuhurov boshchiligida yosh xodimlarning bilim va salohiyatini ro‘yobga chiqarish, ularni vatanparvarlik, mas’uliyat va yetakchilik ruhida kamol toptirish yo‘lida muhim tashabbuslar amalga oshirilmoqda.
Faxrlanamiz va muborakbod etamiz!

Muallif: Matbuot xizmati
Manba:
Matbuot xizmati