“Turonbank” ATBda «Rahbar va yoshlar» uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 22-sentabr kuni o‘tgan tadbir bank jamoasida faoliyat yuritayotgan yoshlarning fikrlarini tinglash, ularning tashabbus va g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etildi.

Uchrashuv davomida yoshlardan ish jarayoniga oid fikr-mulohazalar, turli taklif va tashabbuslar tinglandi. Shuningdek, ularni qiziqtirayotgan dolzarb masalalar yuzasidan erkin suhbat olib borilib, muhim savollarga javoblar berildi.

Samimiy va do‘stona ruhda kechgan muloqot yoshlarga o‘z salohiyatini namoyon etish, tashabbuskorlik bilan faoliyat yuritish hamda kelajakdagi maqsadlari sari dadil qadam tashlash uchun yangi imkoniyatlar yaratdi. Uchrashuvga viloyatlarda faoliyat yuritayotgan yoshlar va bank vakillari ham ZOOM platformasi orqali masofadan turib faol ishtirok etdilar.

Turonbank yoshlarning fikri va g‘oyalarini qadrlaydi. Bank rahbariyati yoshlarni qo‘llab-quvvatlash orqali jamoaning har bir a’zosini rivojlantirish va kelajakda yanada muvaffaqiyatli natijalarga erishishni maqsad qilgan. 

Yoshlarning rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash – Turonbankning ustuvor yo‘nalishlaridan biridir.

photo_7_2025-09-30_09-33-57.jpg
photo_6_2025-09-30_09-33-57.jpg
photo_5_2025-09-30_09-33-57.jpg
photo_4_2025-09-30_09-33-57.jpg
photo_3_2025-09-30_09-33-57.jpg
photo_2_2025-09-30_09-33-57.jpg
photo_1_2025-09-30_09-33-57.jpg