18 Okt 2025
Turonbank Boshqaruv Raisi Farg‘ona viloyatida amalga oshirilayotgan loyihalar bilan tanishdi
"Turonbank" ATB Boshqaruv Raisi Farg‘ona viloyatiga xizmat safari doirasida bank moliyaviy hamkorligida amalga oshirilayotgan loyihalar faoliyati bilan yaqindan tanishdi, tadbirkorlar va mijozlar bilan uchrashib, ularning faoliyatida bank xizmatlarining o‘rni, imkoniyatlari hamda yangi hamkorlik yo‘nalishlarini muhokama qildi.
Safar davomida Boshqaruv Raisi Uchko‘prik tumanining Katta Qashqar MFYda 30 nafar yoshga ijaraga berilgan yer maydonlarida amalga oshirilayotgan issiqxona qurilish ishlari bilan tanishib issiqxonalarga limon ko‘chatlari ekish jarayonlarida ham ishtirok etdi.
Yoshlar va issiqxona egalari bilan suhbat chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF–181-sonli farmoni mazmuni, ya’ni issiqxona xo‘jaliklarini qo‘llab-quvvatlash, soliq va kredit yukini kamaytirish hamda sohaga investitsiyalarni jalb etish bo‘yicha belgilangan chora-tadbirlar yuzasidan ham tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, Qo‘qon EIZda joylashgan “Young Xin” MChJ korxonasida bo‘lib, kafel mahsulotlari ishlab chiqarish yo‘nalishidagi loyiha bilan tanishildi.
Marg‘ilon shahridagi “Yangi O‘zbekiston” massivida ko‘p qavatli uylar qurilishi jarayonlarida ishtirok etayotgan “Turonbank” ATB mijozlari faoliyati ham o‘rganilib, bank tomonidan ularning loyihalarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari ko‘rib chiqildi.
Bundan tashqari, Boshqaruv Raisi Farg‘ona tumani Novkent MFYda Turonbank Mahalla bankirlari va yordamchi agentlar ko'magi bilan limonchilik bilan shug‘ullanishni boshlagan xonadonlarda bo‘lib, limon yetishtirayotgan tadbirkorlar bilan suhbatlashdi. Mavjud muammolar, limonchilikni rivojlantirish istiqbollari hamda bank tomonidan taqdim etilayotgan moliyaviy ko‘mak mexanizmlari haqida fikr almashildi.
Turonbank rahbariyatining bu kabi xizmat safarlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining mahalla tizimini takomillashtirish, rahbarlarning xalq orasida bo‘lishi va joylardagi muammolarni bevosita o‘rganish haqidagi topshiriqlarini amalda bajarish, shuningdek, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, yoshlar bandligini oshirish va agrar sohani rivojlantirishga qaratilgan faoliyatining yaqqol ifodasidir.

Muallif: Matbuot xizmati
Manba:
Matbuot xizmati