Turonbank Boshqaruv Raisi Samarqand viloyatida hududiy loyihalar bilan yaqindan tanishdi

Bugun Turonbank Boshqaruv Raisi Samarqand viloyatida xizmat safarida bo‘lib, bank tomonidan moliyalashtirilayotgan yirik investitsion loyihalar jarayoni bilan yaqindan tanishmoqda. Safar doirasida u tadbirkorlar bilan uchrashuvlar o‘tkazib, hamkorlikni yanada rivojlantirish, yangi imkoniyatlar yaratish va biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash masalalarini muhokama qilmoqda.

Loyihalar bilan tanishish jarayonida amalga oshirilayotgan ishlarning borishi, ularning iqtisodiy va ijtimoiy ahamiyati, shuningdek, kelgusidagi istiqbollarga alohida e’tibor qaratildi.
  • Xususan, Xo‘jamazgil hududida esa bank ko‘magida barpo etilayotgan 250 gektar uzumzor loyihasi bilan tanishildi. Bu yerda ilg‘or agrotexnik usullar asosida yuqori hosildorlikka ega navlari parvarish qilinmoqda. Loyihaning amalga oshirilishi natijasida nafaqat ichki bozor uchun sifatli uzum yetkazib berish, balki eksport salohiyatini oshirish ham ko‘zda tutilgan.
  • Shuningdek, Bulung‘ur tumanidagi “AgroStar” faoliyati bilan ham tanishildi. Mazkur loyihada zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnologiyalari joriy etilib, sifatli kartoshka yetishtirish, qayta ishlash va ichki bozorda realizatsiya qilish tizimi yo‘lga qo‘yilgan. Turonbank tomonidan ajratilgan mablag‘lar evaziga ishlab chiqarish hajmini yanada oshirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va mahsulot turlarini kengaytirish rejalashtirilgan.
  • Turonbank Boshqaruv Raisi xizmat safari doirasida Samarqand shahrida “Farovon Turkman City” MChJ tomonidan zamonaviy istirohat bog‘i barpo etish loyihasi bilan tanishildi. Mazkur tashabbus uchun 3,2 mln AQSh dollari miqdorida kredit ajratilgan bo‘lib, hozirda qurilish ishlari faol davom etmoqda.
  • “TUF AND GRASS” MChJ tomonidan esa zamonaviy gilam mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish loyihasi yo‘lga qo‘yilgan. Loyiha uchun 2,1 mln AQSh dollari miqdorida kredit mablag‘i ajratilgan va hozirda ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda.
  • “NUR ECO STROY 12”, “SAR HOUSE CITY BUILD” hamda “Comfort House Invest” MChJlar tomonidan esa turar joy binolari barpo etish bo‘yicha bir qator yirik loyihalar izchil amalga oshirilmoqda. Ushbu turar joylar zamonaviy uslubda bunyod etilayotgani bilan birga, ularning qurilishida sifatli va energiya tejamkor materiallardan foydalanishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Turonbank nafaqat yirik investitsion loyihalarni moliyalashtirishda, balki iqtisodiyotning turli tarmoqlarida tadbirkorlikni rivojlantirish, agrar sohani modernizatsiya qilish va yangi ish o‘rinlarini yaratishda ham ishonchli hamkor sifatida faoliyatini davom ettirmoqda.

photo_2025-10-13_09-41-39.jpg
photo_2025-10-13_09-41-38 (2).jpg
photo_2025-10-13_09-41-38.jpg
photo_2025-10-13_09-41-37.jpg
photo_2025-10-13_09-41-36 (2).jpg
photo_2025-10-13_09-41-36.jpg
photo_2025-10-13_09-41-35.jpg
photo_2025-10-13_09-41-34 (2).jpg
photo_2025-10-13_09-41-34.jpg
photo_2025-10-13_09-41-32.jpg