“Turonbank” delegatsiyasi Saudiya Arabistonida muzokaralar o‘tkazdi
  
Saudiya Arabistonida “Turonbank” ATB vakillari ITFC (International Islamic Trade Finance Corporation) bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Muzokaralar davomida islom moliya tamoyillari asosida moliya liniyasini kengaytirish va yangi loyihalarni moliyalashtirish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Mazkur uchrashuv Turonbank faoliyatida xalqaro hamkorlikni kengaytirish, shuningdek, O‘zbekiston iqtisodiyotining turli tarmoqlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida xorijiy resurslarni jalb etish yo‘lidagi muhim qadamlardan biridir.

ITFC — Islom Taraqqiyot Banki (IsDB) guruhiga kiruvchi tashkilot bo‘lib, a’zo mamlakatlarda savdo va investitsiya sohalarida islomiy moliya mexanizmlarini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlaydi.

photo_1_2025-11-12_19-41-31.jpg
photo_2_2025-11-12_19-41-31.jpg
photo_3_2025-11-12_19-41-31.jpg
photo_4_2025-11-12_19-41-31.jpg
photo_5_2025-11-12_19-41-31.jpg
photo_6_2025-11-12_19-41-31.jpg