Turonbank HR jamoasi Qirg‘izistonda - ilg‘or tajriba va yangi hamkorliklar sari!

“Turonbank” ATB Xodimlarni boshqarish (HR) departamenti vakillari Bishkek shahriga xizmat safari doirasida Банк Компаньон, Бакай Банк, Элдик Банк va МБанк vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazishdi.

Uchrashuvlarda zamonaviy HR-yondashuvlar, kadrlar siyosati, xodimlarni rivojlantirish va motivatsion tizimlar bo‘yicha tajriba almashildi. Qirg‘iziston banklarining ilg‘or tajribalari bilan tanishish Turonbank HR jamoasiga transformatsion jarayonlarni kuchaytirish hamda innovatsion g‘oyalarni tatbiq etish imkonini berdi.

Xizmat safari doirasida samarali uchrashuvlar o‘tkazilib, hamkorlik aloqalari mustahkamlandi, foydali g‘oyalar olindi va inson resurslarini boshqarishda yangi yo‘nalishlar belgilandi.

Turonbank HR jamoasi — xalqaro tajriba va yangiliklar sari dadil qadamda!

photo_1_2025-11-08_15-10-44.jpg
photo_2_2025-11-08_15-10-44.jpg
photo_3_2025-11-08_15-10-44.jpg
photo_4_2025-11-08_15-10-44.jpg
photo_5_2025-11-08_15-10-44.jpg
photo_6_2025-11-08_15-10-44.jpg
photo_7_2025-11-08_15-10-44.jpg
photo_8_2025-11-08_15-10-44.jpg
photo_9_2025-11-08_15-10-44.jpg
photo_10_2025-11-08_15-10-44.jpg