3 Okt 2025
Turonbank - ishlab chiqarish va qurilish loyihalarida ishonchli hamkor!
“Turonbank“ ATB Boshqaruv Raisi boshchiligidagi ishchi guruh Sirdaryo viloyatidagi yirik ishlab chiqarish va qurilish loyihalari faoliyati bilan tanishib, tadbirkorlarning muammo va takliflarini o‘rgandi
Turonbank – ishlab chiqarish taraqqiyoti uchun ishonchli moliyaviy tayanch!

- “Asaka Motors International” MChJ – Exeed avtomobillari ishlab chiqarish jarayoni ko‘rib chiqilib, innovatsion ishlab chiqarish va eksport salohiyati muhokama qilindi.
- “Peng Sheng” MChJ QK – xalqaro hamkorlik asosida faoliyat yuritayotgan korxonaning takliflari tinglandi.
- “SERVIS MOBILE 775” va “Xurshid Best Building” MChJ tomonidan amalga oshirilayotgan ko‘p qavatli uy-joy qurilishlari o‘rganildi. Loyihalarda bank xizmatlari, ipoteka imkoniyatlari va aholiga yaratilayotgan sharoitlar alohida qayd etildi.
- “Shoxrux-Demirbek” MChJ hamda unga qarashli 3 ta korxona rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazildi. Jami 223,9 mlrd. so‘mlik aylanmaga ega bo‘lgan korxonalar tomonidan hisobraqamlarni “Turonbank“ ATBga o‘tkazish bo‘yicha kelishuvlar muhokama qilindi.
Turonbank – ishlab chiqarish taraqqiyoti uchun ishonchli moliyaviy tayanch!

Muallif: Matbuot xizmati
Manba:
Matbuot xizmati