Turonbank ko‘magida barpo etilgan maskan - qishda yanada betakror!

Bugungi kunda Xatirchi tumanidagi dam olish maskanlari sayyohlar bilan gavjum. Oppoq qor bilan burkangan manzaralar, musaffo havo va sokin tabiat mehmonlarni o‘ziga maftun etmoqda. Ayniqsa, qish fasli Xatirchiga o‘zgacha joziba bag‘ishlab, tashrif buyuruvchilar oqimini yanada ko‘paytirmoqda.

Shu bilan birga, Xatirchi tumani Langar mahallasida avvaldan barpo etilgan “Selfie House” foto zonasi ham aynan shu mavsumda o‘zgacha ko‘rinish kasb etdi. Qorli fon, kreativ dizayn va qulay muhit sayyohlarga esda qolarli suratlar olish hamda maroqli vaqt o‘tkazish imkonini bermoqda.

Ushbu turistik maskan “Turonbank” ATB ko‘magida amalga oshirilgan bo‘lib, bank hududiy rivojlanish va ichki turizmni qo‘llab-quvvatlashda davom etmoqda.

photo_1_2026-01-26_10-04-03.jpg
photo_2_2026-01-26_10-04-03.jpg
photo_3_2026-01-26_10-04-03.jpg
photo_4_2026-01-26_10-04-03.jpg

photo_5_2026-01-26_10-04-03.jpg

photo_6_2026-01-26_10-04-03.jpg
photo_7_2026-01-26_10-04-03.jpg