26 Noy 2025
Turonbank tashabbusi bilan — qishloq xo‘jaligida yangi bosqich!
Gollandiyadan keltirilishi rejalashtirilgan 6 ming tonna elita kartoshka urug‘ining dastlabki partiyasi O‘zbekistonga yetib keldi. Mazkur loyiha “Turonbank” ATB ishonchli boshqaruvida bo‘lgan “Bulung‘ur–Agrostar” MCHJ tomonidan amalga oshirilmoqda.
Prezidentimizning joriy yil 8-sentab sanasida imzolangan qaroriga muvofiq, urug‘lar 2026-yilda ekish uchun xorijdan olib kelinishi va ixtisoslashgan xo‘jaliklarga ustamasiz yetkazib berilishi belgilangan.
“Turonbank” ATB ishtirokida “Bulung‘ur–Agrostar” MCHJ va Niderlandiyaning “Agriko Co LTD” kompaniyalari o‘rtasida hamkorlik shartnomasi imzolangan. Urug‘ tarqatish jarayoni bilan birga bank xizmatlari ham aynan joyida tashkil qilinib, fermer va dehqonlarga xarid va moliyaviy operatsiyalarni bir nuqtada amalga oshirish imkonini bermoqda.
Urug‘lar bahorgi mavsum va ikkinchi hosil uchun aholi, fermer, dehqon xo‘jaliklari hamda tomorqa yer egalari uchun ustamasiz narxlarda yetkazib beriladi. Bu esa kartoshka tannarxining pasayishi, hosildorlikning oshishi va oziq-ovqat xavfsizligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Loyiha doirasida yangi yuqori hosildor kartoshka navlarini yaratish bo‘yicha ilmiy izlanishlar ham olib borilmoqda, bu esa agrosektorning kelajakdagi barqaror rivojlanishiga xizmat qiladi.

Muallif: Matbuot xizmati
Manba:
Matbuot xizmati