"Turonbank" ATBda xodimlar malakasini oshirish va davlat xaridlari tizimini takomillashtirishga qaratilgan yana bir muhim qadam tashlandi!
Mazkur o‘quv-seminar Hayot Birja jamoasi boshchiligida tashkil etilib, unda bank tizimidagi barcha BXMlarning xaridlar uchun mas’ul xodimlari faol ishtirok etdi.

Seminar davomida:
— davlat xaridlari bo‘yicha zamonaviy talablar
xarid jarayonlarini to‘g‘ri tashkil etish tartiblari
shaffoflik va samaradorlikni oshirish mexanizmlari bo‘yicha muhim bilimlar berildi

Ushbu tashabbus orqali xodimlarning malakasi oshirilib, tizimda professional yondashuv yanada mustahkamlandi. Seminar yakunida o‘quv kursini muvaffaqiyatli tamomlagan ishtirokchilarga guvohnomalar taqdim etildi. Bu esa davlat xaridlarini ochiq va samarali tashkil etishga xizmat qiladi.

Turonbank — rivojlanish va professionallik sari!

photo_4_2026-04-15_10-53-17.jpg
photo_3_2026-04-15_10-53-17.jpg
photo_2_2026-04-15_10-53-17.jpg
photo_1_2026-04-15_10-53-17.jpg