Global Money Week doirasida “Turonbank” ATB bosh ofisida 12–18 yoshdagi o‘quvchilar uchun ekskursiya tashkil etildi. 

Ushbu ekskursiya yoshlarni moliyaviy savodxonlik ruhida tarbiyalash, ularning kelajakdagi iqtisodiy qarashlarini shakllantirishga qaratilgan muhim tashabbuslardan biri bo‘ldi.

Ekskursiya davomida bank mutaxassislari bolajonlarga zamonaviy bank tizimi, moliyaviy boshqaruv asoslari, jamg‘arma madaniyati haqida batafsil va tushunarli ma’lumotlar berishdi.
Shuningdek, Turonbank tomonidan taqdim etilayotgan keng imkoniyatlar, innovatsion xizmatlar va yoshlar uchun yaratilayotgan qulayliklar haqida ham atroflicha so‘z yuritildi.

Uchrashuvda o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga bank vakillaridan batafsil va aniq javoblar olishdi, real hayotiy misollar orqali moliyaviy bilimlarini yanada mustahkamlashdi. Yakunda bolalarga bank tomonidan esdalik sovg'alari topshirildi.

“Turonbank” ATB doimo yosh avlodni qo‘llab-quvvatlash, ularning bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda moliyaviy savodxonlikni keng targ‘ib etish borasidagi sa’y-harakatlarini davom ettiradi.

photo_3_2026-04-11_14-26-46.jpg
photo_2_2026-04-11_14-26-46.jpg
photo_1_2026-04-11_14-26-46.jpg
photo_5_2026-04-11_14-26-46.jpg
photo_4_2026-04-11_14-26-46.jpg