Markaziy bank tomonidan We-Finance Code tashabbusi doirasida 2025-yil yakunlari bo‘yicha hisobot e’lon qilindi.

Yakunlarga ko‘ra, tashabbus doirasidagi Milliy koalitsiya a’zolari soni yil boshidagi 3 tadan 19 taga yetdi. 15 ta tashkilot gender kesimida xalqaro standartlarga asoslangan ma’lumotlarni yuritish tizimini yo‘lga qo‘ydi.

Koalitsiya a’zolarining tashabbuslari natijasida ayol tadbirkorlarga jami 4,1 trillion so‘m miqdorida imtiyozli moliyalashtirish ajratildi. Shuningdek, ayollar ehtiyojlarini inobatga olgan 7 ta yangi moliyaviy mahsulot ishlab chiqildi.

2025-yil davomida 27 mingdan ortiq xotin-qizlar uchun seminar va treninglar tashkil etildi. Ularning 70 foizi hududlarda o‘tkazildi. Bundan tashqari, 9 mingdan ortiq bank xodimlari gender sezgirligi hamda ayollarga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish bo‘yicha malakasini oshirdi.

TuronBank ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash, moliyaviy inklyuziyani kengaytirish va barqaror rivojlanishga xizmat qiluvchi tashabbuslarni izchil qo‘llab-quvvatlashda davom etadi.

To'liq hisobot bilan tanishish