Xatirchida — iqtisodiy faollikni oshirish bo‘yicha navbatdagi amaliy ishlar!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF–173-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida “Turonbank” ATB ishchi guruhi Navoiy viloyatining Xatirchi tumanida keng qamrovli o‘rganish ishlarini olib bormoqda. Jumladan, olis hududlardan biri — “Mirdosh” MFYda o‘tkazilgan ro‘yxatga olish jarayonlari bilan tanishilib, aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.

Shuningdek, tumanidagi 10 dan ortiq mahallalarda — jumladan “Oltinobod”, “Tasmachi”, “Uyshun”, “Chag‘atoy” va boshqalarda ishchi guruh tomonidan joylardagi shtablar faoliyati, me’yoriy-huquqiy hujjatlar, tashkiliy reja va targ‘ibot ishlari holati o‘rganildi.

O‘rganishlar davomida mas’ullar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, axborot-targ‘ibot ishlarini yanada faollashtirish hamda mahallalarda iqtisodiy faollikni kuchaytirishga qaratilgan topshiriqlar belgilab olindi.

photo_9_2025-11-11_20-55-11.jpg
photo_8_2025-11-11_20-55-11.jpg
photo_7_2025-11-11_20-55-11.jpg
photo_6_2025-11-11_20-55-11.jpg
photo_5_2025-11-11_20-55-11.jpg
photo_4_2025-11-11_20-55-11.jpg
photo_3_2025-11-11_20-55-11.jpg
photo_2_2025-11-11_20-55-11.jpg
photo_1_2025-11-11_20-55-11.jpg