20 Dek 2025
Yangi yil bayrami arafasida Norin tumanida “Fishville Norin” gastronomik turizm markazi ishga tushirildi
Yangi yil bayrami arafasida Norin tumanida “Fishville Norin” MChJ tomonidan forel baliq yetishtirish, qayta ishlash hamda aholiga yetkazib berishga ixtisoslashgan gastronomik turizm markazi o‘z faoliyatini boshladi. Loyiha hududda baliqchilik va turizm yo‘nalishlarini uyg‘un rivojlantirishga xizmat qilmoqda.
Loyihaga 15 mln AQSH dollari miqdorida investitsiya jalb etilgan bo‘lib, korxonada yiliga 2 000 tonna baliq mahsuloti yetishtirish imkoniyati yaratildi. Natijada 10 mln dollarlik eksport zaxiralari shakllantirilib, hudud eksport salohiyati mustahkamlanmoqda.
Majmua doirasida oilaviy restoran ham barpo etilib, bir vaqtning o‘zida 100 nafar mehmonni qabul qilish quvvatiga ega. Eng muhimi, loyiha orqali umumiy hisobda 100 ta yangi ish o‘rni yaratilib, mahalliy aholi bandligi ta’minlanmoqda.
“Turonbank“ ATB tomonidan real sektorni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash orqali shunday investitsion loyihalarning amalga oshirilishi hududlar iqtisodiy faolligini oshirish, ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish hamda eksport imkoniyatlarini yanada rivojlantirishga xizmat qilmoqda.
Turonbank — iqtisodiyot rivoji yo‘lida ishonchli hamkor.

Muallif: Matbuot xizmati
Manba:
Matbuot xizmati