“Yilning eng yaxshi yordamchi agenti – 2025” tanlovining 3-bosqich g‘oliblari aniqlandi 

Markaziy bank tomonidan tashkil etilgan “Yilning eng yaxshi yordamchi agenti – 2025” tanlovning 3-bosqichida Xorazm, Qashqadaryo, Buxoro va Navoiy viloyatlaridagi “Turonbank“ ATB yordamchi agentlari munosib ishtirok etishdi.

Tanlovning 3-bosqich natijalariga ko‘ra Turonbank yordamchi agentlari quyidagi o‘rinlarni egalladi:
 • Ruziev Hakimjon Yupdosh o'g'li – Qashqadaryo viloyati, Mirishkor tumani “Obodon” mahallasi yordamchi agenti, 1-o‘rin
 • Sattorova Madinabonu Jalil qizi – Buxoro viloyati, Kogon shahar “Mustaqillik” mahallasi yordamchi agenti, 1-o‘rin
 • Saitova Shaxlo Anvarovna – Navoiy viloyati, Navbahor tumani “Oq oltin” mahallasi yordamchi agenti, 1-o‘rin
 • Xolmetova Rozajon Azimboevna – Xorazm viloyati, Yangibozor tumani “Chubolonchi” mahallasi yordamchi agenti, 2-o'rin

“Turonbank“ ATB yordamchi agentlari moliyaviy xizmatlarni aholiga yetkazish bilan birga, mahallalarda moliyaviy savodxonlik va tadbirkorlikni rivojlantirishga ham hissa qo‘shmoqda. Ularni ushbu yutuq bilan chin ko‘ngildan muborakbod etamiz va navbatdagi bosqichlarda omad va zafarlar tilaymiz!

photo_1_2025-11-20_20-36-09.jpg
photo_2_2025-11-20_20-36-09.jpg
photo_3_2025-11-20_20-36-09.jpg
photo_5_2025-11-20_20-36-09.jpg
photo_6_2025-11-20_20-36-09.jpg
photo_7_2025-11-20_20-36-09.jpg