Yoshlar festivali – birga ro‘yxatdan o‘tamiz!

Joriy yilning 25-dekabr kuni “Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish” jarayonida yoshlarning faol ishtirokini ta’minlash maqsadida Toshkent shahridagi “Zakovat Arena” majmuasida 90 ga yaqin vazirlik va idora tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan yoshlar o‘rtasida “Census” kubogi intellektual o‘yini bo‘lib o‘tdi.

Bilim, mantiqiy tafakkur va tezkor fikrlashni sinovdan o‘tkazgan ushbu Zakovat o‘yinida “Turonbank” ATB vakillari faol va munosib ishtirok etib, murakkab hamda qiziqarli savollar orqali o‘zlarining intellektual salohiyati, jamoaviy hamkorligi va tezkor qaror qabul qilish ko‘nikmalarini namoyon etishdi. Ushbu ishtirok bank xodimlarining bilimga chanqoqligi va doimiy o‘z ustida ishlashga bo‘lgan intilishini yaqqol ifodaladi.

Tadbir “Birga ro‘yxatdan o‘tamiz, birga kelajakni yaratamiz” shiori ostida o‘tkazilib, yoshlarning faolligi va jamoaviy hamjihatligini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.

Turonbank — bilimli yoshlar va innovatsion kelajak tarafdori!

photo_10_2025-12-25_15-35-23.jpg
photo_9_2025-12-25_15-35-23.jpg
photo_8_2025-12-25_15-35-23.jpg
photo_7_2025-12-25_15-35-23.jpg
photo_6_2025-12-25_15-35-23.jpg
photo_5_2025-12-25_15-35-23.jpg
photo_4_2025-12-25_15-35-23.jpg
photo_3_2025-12-25_15-35-23.jpg
photo_2_2025-12-25_15-35-23.jpg
photo_1_2025-12-25_15-35-23.jpg