Bugungi kunda mamlakatimizda davlat va jamiyat boshqaruvining barcha sohalarida korrupsiyaga qarshi keskin hamda murosasiz kurash olib borilmoqda. So‘nggi yillarda amalga oshirilgan tizimli islohotlar mazkur yo‘nalishdagi qat'iy siyosatning yaqqol ifodasidir.

Ushbu jarayonlar doirasida «Turonbank» aksiyadorlik tijorat bankida ham korrupsiyaning har qanday ko‘rinishlariga qarshi samarali va kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, bank tizimida korrupsiyaviy xavf-xatarlarning oldini olish bo‘yicha bank xodimlari, mijozlar va fuqarolarning murojaatlari uchun alohida tizim yo‘lga qo‘yilgan. Biz uchun eng muhimi bank xizmatlarini ko‘rsatishda ochiqlik va shaffoflikni ta'minlash.

TuronBankda xalqaro standartlarga javob beruvchi zamonaviy komplaens-nazorat tizimi joriy etildi, ishga qabul qilish jarayonlari ochiq tanlov asosida tashkil etilmoqda, ichki me'yoriy hujjatlar korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazilib, xaridlar jarayonida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va bartaraf etish amaliyoti yo‘lga qo‘yilgan.

Shuningdek, bank xizmatlarini raqamlashtirish orqali inson omilini kamaytirish, xizmatlar sifatini oshirish va mijozlar uchun qulaylik yaratish borasida izchil ishlar amalga oshirilmoqda.

Hurmatli mijozlar!

Sizlarning ishonchingiz biz uchun eng oliy qadriyatdir. Shu bois, agar bank bosh ofisi, hududiy bank xizmatlari markazlari yoki bank xizmatlari ofislari xodimlari tomonidan xizmat ko‘rsatish jarayonida korrupsion holatlar, shubhali yoki noqonuniy xatti-harakatlar kuzatilsa, bankning ishonchli aloqa kanallari orqali komplaens ofitserlariga murojaat qilishingizni so‘rab qolamiz.

Barcha murojaatlar qonunchilikda belgilangan tartib va muddatlarda ko‘rib chiqiladi. Tasdiqlangan korrupsion holatlar bo‘yicha qat'iy qonuniy choralar ko‘rilishi kafolatlanadi. Shuningdek, har bir murojaatning maxfiyligi to‘liq ta'minlanadi.

O‘z navbatida, «Turonabank» aksiyadorlik tijorat banki tizimida mehnat qilayotgan har bir rahbar va xodimni korrupsiya holatlarining har qanday ko‘rinishlariga nisbatan murosasiz munosabatda bo‘lishga hamda o‘z xizmat vazifalarini halol va xolis bajarishga yana bir bor chaqiramiz.


Hurmat bilan,
«Turonbank» ATB
Boshqaruv Raisi o‘rinbosari Zoxidjon Obidov