”Turonbank” ATB xodimining qizi – Vitse Jahon chempioni! 

19-29 mart kunlari Serbiyaning Vrnjaçka-Banja shahrida maktab oʻquvchilari oʻrtasida shaxmat bo‘yicha Jahon chempionati boʻlib oʻtdi! 

Yurtimiz sharafini himoya qilgan yosh shaxmatchilar orasida A’zamxo’jayeva Mohinur ham bor edi. U 7 yoshgacha bo‘lgan qiz bolalar o‘rtasidagi musobaqada 9 ta imkoniyatdan 7 ochko jamg‘arib, Vitse Jahon chempioni unvoniga sazovor bo‘ldi! 

Biz Mohinurning otasi – “Turonbank” ATB xodimi Abbosov Adxamjonni va uning oilasini ushbu yutuq bilan muborakbod etamiz! 

Musobaqa natijalari bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin:
Chess-results.com (https://chess-results.com/tnr1141048.aspx?lan=11&art=1&rd=9&fedb=UZB&amp...)

Barakalla, Mohinur! Kelajakdagi faoliyatingda yanada ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!

photo_2025-03-30_13-09-04.jpg
photo_2025-03-30_13-09-05.jpg