“8-dekabr O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun” hamda “O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i qabul qilingan sana” mavzusida o‘tkazilgan ma’naviy-ma'rifiy tadbir o‘tkazildi. Xodimlar bilan ishlash departamenti direktori Sh.A.Ibragimova majlisni kirish so‘zi bilan ochib, bugungi tadbir “8-dekabr O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun” hamda “O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i qabul qilingan sana”siga bag‘ishlanishi haqida aytib o‘tdi. So‘ng, so‘z navbati mehmon sifatida chaqirilgan O‘zbekiston Jahon tillari universiteti dotsenti, siyosat fanlari nomzodi Muyitov Davron Sobirovichga berildi. Ma’ruza avvalida D.S.Muyitov taklif uchun “Turonbank” ATB rahbariyatiga minnatdorchilik bildirib, Mamlakatimizning barcha fuqarolarining butun haq-huquqlari, konstitutsiyada belgilab qo‘yilganligi, har bir fuqaro o‘qish, mehnat qilish, davolanish huquqlariga egaekanligi, bugun osoyishta zaminimizda vijdon erkinligi, teng huquqlilik, insonparvarlik g‘oyalari asosida baxtiyor insonlar umrguzaronlik qilib kelayotganligi haqida gapirdi. Konstitutsiya – tuzuk degani. Eski turkiy tilimizdagi tuzmoq fe’li asosida yuzaga kelgan. Amir Temur tuzuklari ham o‘ziga xos bir konstitutsiya desam, yanglishmayman. Bobomiz tuzuklarida ham milliy qomusimiz singari insonparvarlik – gumanizm g‘oyalari ilgari surilgan. Bir so‘z bilan aytganda, bugungi konstitutsiyamiz mustaqilligimiz tuzugidir. Bugun biz nimagaki erishgan bo‘lsak, mana shu konstitutsiyamiz tufayli erishdik. Konstitutsiya insonni inson sifatida yashashini, sayohat qilishini, erkin fikrlashini ta’minlovchi olamshumul hujjat hamdir. U kishi ruhiyatini, sog‘ligini o‘zida aks ettirgan. Konstitutsiya – mustaqilligimizning eng katta yutug‘i hamdir. U shunchalar mukammal asarki, kishining barcha ehtiyojlariga unda javob bor. Unda nafaqat, insonni balki oddiy daraxt, tabiat, muborak qadamjolarni asrash, muhofaza qilish tushunchalari ham yotadi. Tadbir juda qiziqarli o‘tdi. Bank xodimlari ma’ruzachiga o‘zlarini qiziqtirgan savollarini berdilar. Tadbir yakunida Xodimlar bilan ishlash departamenti direktori taklif qilingan mehmonga qimmatli vaqtini ayamay bankimizga tashrif buyurgani uchun chuqur minnatdorchiligini bildirib o‘tdi hamda bank logotipili kichik sovg‘alar topshirildi. D.S.Muyitov taklif uchun yana bir bora minnatdorchilik bildirib, barcha xodimlarining kelgusi ishlariga omad va zafarlar tiladi.