Joriy yilning 23-iyun kuni “Turonbank” aksiyadorlik tijorat bankining ma’naviyat va ma’rifat yo‘nalishi bo‘yicha 2021-yilga mo‘ljallangan ish rejasi ijrosi yuzasidan Ma’rifatparvar jadidchilik harakati namoyandalari M.Bexbudiy, A.Fitrat, A.Avloniy, M.Abdurashidxonov, Ibrat, Elbek, Botu kabi siymolar adabiy merosini faol targ‘ib etish hamda halqimiz, ayniqsa yoshlarimiz bugungi tinch va erkin hayotning qadrini anglab yetishi, bu ma’naviy xazinadan keng bahramand bo‘lishini ta’minlash maqsadida “Mangulikka dahldor vatanparvarlar” mavzusida ma’naviy-ma'rifiy tadbir o‘tkazildi. Tadbirga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi o‘qituvchisi, falsafa fanlari nomzodi, dotsent Yunusov Mansur Abdullayevich taklif etildi. M.A.Yunusov o‘z ma’ruzasida avvalo “Turonbank” ATB xodimlari bilan uchrashib turganidan va mana shu uchrashuvni tashkil qilgan bank rahbariyatiga o‘z minnatdorchiligini bildirdi. Ma’ruza avvalida M.A.Yunusov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2021-yil 19-yanvardagi Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashi yig‘ilishida so‘zlagan nutqida belgilab berilgan vazifalarden kelib chiqib, “Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari” g‘oyasi mazmun-mohiyati haqida gapirib o‘tdi. “Buyuk tariximizning buyuk namoyandalari” shiori ostida Ikkinchi Renessans vakillari bo‘lgan Mirzo Ulug‘bek, Bobur Mirzo va Alisher Navoiy singari ajdodlarimizning hayoti va faoliyati haqida ham gapirib o‘tdi. Ushbu dunyo tan olgan buyuk shaxslarning hayoti hamda ijodi hali-hanuz o‘rganishda ekanligi, har bir fuqaroda ushbu buyuk shaxslar ma’naviyat-ma'rifat o‘chog‘i bo‘lgan Movarounnahr farzandlari ekanligidan faxr tuyg‘usi bo‘lishi kerakligi haqida qiziqarli ma’lumotlar berdi. Tadbirning keyingi mavzusi “Mangulikka dahldor vatanparvarlar”-Ma’rifatparvar jadidchilik harakati namoyandalari M.Bexbudiy, A.Fitrat, A.Avloniy, M.Abdurashidxonov, Ibrat, Elbek, Botu kabi siymolar adabiy merosini o‘rganish va faol targ‘ib etish haqida bo‘ldi. Halqimiz, ayniqsa yoshlarimiz bugungi tinch va erkin hayotning qadrini anglab yetishi, bu ma’naviy xazinadan keng bahramand bo‘lishi zarurdir. Ushbu shaxslarning vatanimizning mustaqilligi, rivoji uchun qilgan mehnatlari, olib borgan kurashlari, mustaqillik orzusida amalga oshirgan ishlari, xalqning ma’rifati, saodati yo‘lida olib borgan kurashlari haqida qiziqarli ma’lumotlar berildi.