TuronBankda milliy liboslar kuni!
"Milliy libos – Millat ko‘zgusi" shiori ostida tashkil etilgan ushbu kun har bir xodimning o‘ziga xosligidan, tariximiz va madaniyatimizga bo‘lgan chuqur hurmatidan darak berdi.
Bankimiz jamoasi turli hududlarga xos milliy liboslarda ishtirok etib, ona yurtimizning betakror qadriyatlarini yana bir bor namoyon etdi. Bu nafaqat estetik go‘zallik, balki birlik, iftixor va milliy o‘zlikni his etish kuni bo‘ldi.
Shunday go‘zal an'analarni asrab-avaylab, yoshlarga yetkazish – barchamizning sharafli burchimiz.