“Turonbank” ATBda O‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilganligining 34-yilligi hamda 21-oktyabr O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan “O‘zbek tili – milliy o‘zligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli” mavzuida ma’naviy-ma'rifiy tadbir va ijodiy uchrashuv o‘tkazildi.
Tadbirda mehmon bo‘lgan Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Sanoat, qurilish va savdo masalalari qo‘mitasi raisi, Iqtisodiyot fanlari doktori professor Nodir Jumayev o‘zbek tilining nufuzi dunyo hamjamiyati orasida ham ortib borayotganligini va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi sessiyalarida ishtiroki davomida aynan o‘zbek tilida nutq so‘zlayotgani, butun dunyo o‘zbek tili bilan tanishib borayotgani har birimizda faxr tuyg‘usini uyg‘otayotganligini ta’kidlab o‘tdi.
Falsafa fanlari doktorlari Dilbar Yoqubova hamda Hakim To‘xtayevlar bugungi kunda yurtimizda o‘zbek tilining nufuzini oshirish maqsadida olib borilayotgan ishlar va bu jarayonda har bir insonning hissasi borligi xususida aytib o‘tishdi.
Tadbirda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, shoir Bobur Bobomurodning ishtiroki esa barchaga a’lo kayfiyat bag‘ishladi.
Turonbank xodimlari o‘rtasida viktorina ham o‘tkazilib g‘oliblarga esdalik sovg‘alari topshirildi.