27 Noy 2025
“Turonbank“ ATBda shaxmat bo‘yicha “Rais kubogi — 2025” musobaqasi bo‘lib o‘tdi!
“Turonbank“ ATB tizimida shaxmat bo‘yicha “Rais kubogi — 2025” musobaqasi o‘tkazildi. Unda Bosh bank, filiallar hamda BXM va BXOlardan 50 nafarga yaqin xodimlar ishtirok etib, o‘z bilimi, strategik yondashuvi va mahoratini namoyish etdilar.
Tadbirga xalqaro grossmeyster Jahongir Vohidov mehmon va ekspert sifatida ishtirok etdi. U musobaqa jarayonini kuzatib, ishtirokchilar bilan o‘z bilim va tajribasi bilan o‘rtoqlashdi. Shuningdek, u musobaqaning birinchi o‘rin sohibi bilan shaxmat bahsini o‘tkazib, o‘yin davomida strategik fikrlash bo‘yicha foydali tavsiyalar berdi.
Musobaqa g‘oliblari esdalik sovg‘alari hamda pul mukofotlari bilan taqdirlandilar. Musobaqa bank tizimidagi xodimlarning aql-zakovati, mantiqiy va strategik fikrlash qobiliyati yuqori ekanligini yana bir bor tasdiqladi.
Kelgusida bunday intellektual tadbirlar muntazam ravishda tashkil etilib, xodimlarimizni yangi marralar sari ruhlantirishga xizmat qiladi.
Turonbank – Siz bilan birgalikda rivojlanadi!