Ayni damda Turonbank tomonidan tashkil etilgan “Zakovat” intellektual o‘yinining final bosqichi o‘tkazilmoqda. Ushbu yakuniy bellashuvda hududiy va saralash bosqichlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan eng kuchli 32 ta jamoa ishtirok etib, bilim, mantiqiy tafakkur, tezkor fikrlash va jamoaviy strategiya bo‘yicha o‘zaro kuch sinashmoqda.

Hududlaridan saralangan jamoalar final bosqichida bir maydonga jam bo‘lib, tobora murakkablashib borayotgan savollar orqali haqiqiy intellekt va tafakkur janglarini namoyon etyapti.

Abdurasul Abdullayev boshchiligidagi “Zakovat” klubi bilan intellektual o’yin juda qiziqarli va hayajonli daqiqalarga boy tarzda o’tmoqda. 

Turonbank tashabbusi bilan tashkil etilgan ushbu nufuzli musobaqa bilim va tafakkur tantanasiga aylanib, eng zukko va bilimdon jamoalarni aniqlash sari qizg‘in davom etyapti

photo_1_2025-12-16_17-41-54.jpg
 photo_2_2025-12-16_17-41-54.jpg
 photo_3_2025-12-16_17-41-54.jpg
 photo_4_2025-12-16_17-41-54.jpg
 photo_5_2025-12-16_17-41-54.jpg
 photo_6_2025-12-16_17-41-54.jpg
 photo_7_2025-12-16_17-41-54.jpg
 photo_8_2025-12-16_17-41-54.jpg
 photo_9_2025-12-16_17-41-54.jpg
 photo_10_2025-12-16_17-41-54.jpg