O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati, Yoshlar ishlari agentligi hamda "Turonbank" ATB tomonidan "2025-yilga mo'ljallangan davlat dasturi loyihasi Yoshlar nigohida" mavzusida davra suhbati o'tkazildi.

Uchrashuv davomida 2025-yilga mo'ljallangan davlat dasturi loyihasidagi yoshlarga oid yo'nalishlar atroflicha muhokama qilindi. Xususan, yoshlarni chet tillari va zamonaviy kasblarga o'qitish, ularning intellektual salohiyatini oshirish hamda yoshlar muammolarini hal etish bo'yicha bir qator fikrlar bildirildi.

Davra suhbatida faol yoshlar tomonidan yosh avlod manfaatlari qo'llab-quvvatlashga qaratilgan taklif va tashabbuslar bildirildi. Tadbirda Oliy Majlisning har ikki palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti vakillari, mahallalardagi faol yoshlar yetakchilari va "Turonbank" ATBning faol stipendiantlari hamda bankning yoshlar yetakchilari ham munosib ishtirok etdi.

foto1.JPG

foto5.JPG

foto4.JPG

foto3.JPG

foto2.JPG