Andijon viloyati, Baliqchi tumanida “Andijon” BXO ga biriktirilgan mahalla bankirlari ish faoliyatini boshladi.
“Andijon” BXO mas’ullari va mahallar bankirlari har bir mahalla raislari bilan birgalikda fuqarolar bilan uchrashuvlar tashkil etib, ularning issiqxona, chorvachilik kabi tadbirkorlik faoliyatlari oʻrganildi.
Har bir mahallalarning biznes imkoniyatlari oʻrganilib, fuqarolarning gʻoyalarini amalga oshirishda moliyaviy xizmatlarni koʻrsatish toʻgʻrisida tushuntirishlar berildi.