Joriy yilning 15-yanvar kuni “Turonbank” ATB Boshqaruv Raisining ilmiy maslahatchisi, qishloq xoʻjaligi fanlari doktori Faxriddinov Nuriddin Zayniddinovich boshchiligida Surxondaryo viloyati, Denov tumani “Tasmasoy” MFYning limon yetishtiruvchi dehqonlariga limon parvarishi hamda mas’ullarning malakasini oshirish boʻyicha mashgʻulot oʻtkazildi.
Tadbirning asosiy maqsadi limon yetishtirish jarayonlarini takomillashtirish, mahsulotni bozor talablariga mos ravishda tayyorlash uchun dehqonlarga tajriba ulashish boʻldi.
Ushbu tadbirda dehqonlarga limon yetishtirish malakasini oshirish, zamonaviy agrar texnologiyalarni qo'llash va mahsulot sifatini yaxshilash bo'yicha muhim ma'lumotlar berildi.








