"Turonbank" ATB boshqaruv raisi Mirzayev Chori Sadibaqosovich boshchiligida limonchilik sohasini rivojlantirish masalalari bo'yicha yig'ilish bo'lib o'tdi.
Yig'ilishdan ko'zlangan maqsad aholi xonadonlarida limonchilik issiqxonalarini tashkil etish, aholi bandligini ta'minlash hamda doimiy daromad bilan ta'minlash, aholini limonchilik sohasi bo'yicha bilim va ko'nikmalarini oshirish.
Yig'ilishda limonchilikning turli xil masalalari, mavjud muammolar ko'rib chiqilib, tegishli takliflar va yechimlar berildi.








