"Mahalla bankiri" loyihasi doirasida Toshkent shahridagi mahallalarda ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash va tadbirkorlik subyektlarini har tomonlama qo'llab-quvvatlash maqsadida tadbirkorlar bilan uchrashuv o'tkazildi.

"Turonbank" ATB Toshkent shahar Bank xizmatlari markazi rahbari bankka biriktirilgan mahallalardagi tadbirkorlar faoliyati bilan tanishib, ularning o'z faoliyatlarini yanada kengaytirish borasidagi takliflari va rejalarini ko'rib chiqdi.

Shuningdek, aylanma mablag'larini yanada kengaytirish istagida bo'lgan biznes vakillarining muammolariga ham alohida e'tibor qaratilib, ularni yechish yo'llari ko'rib chiqildi.

Bundan tashqari tadbirkorlarni qo'llab quvvatlash hamda imtiyozli kreditlardan foydalanish yo'llari, kredit to'lovlari va bank bilan hamkorlikni o'rnatish bo'yicha tavsiyalar berildi.

5229155904908291532.jpg

5229155904908291533.jpg

5229155904908291534.jpg

5229155904908291535.jpg

5229155904908291536.jpg