"Turonbank" ATB mahalla bankirlari boʻlimi tomonidan Toshkent shahar Yashnobod tumani "Bogʻbon" mahallasining tadbirkorlari bilan uchrashildi.
Mahalla aholisining issiqxonalariga tashrif buyurilib, issiqxonalarda asosan archa va turli navdagi gullar yetishtirish faoliyati oʻrganildi.
Tadbirkorlarga mahalla bankiri tomonidan bizneslarini yanada kengaytirish uchun takliflar, bankda mavjud kredit mahsulotlari haqida ma’lumotlar va maslahatlar berildi.








