Bugun yurtimizda bunyodkorlik ishlari tobora keng quloch yoyib, yangi bino va inshootlar, ko‘p qavatli turar joylar, madaniy-maishiy obyektlar qad rostlamoqda. Zamonaviy ishlab chiqarish korxonalari barpo etilyapti. Tabiiyki, qurilish qanchalik ko‘paysa, binokorlik ashyolariga talab ham shunchalik ortadi. Ushbu ehtiyojni qondirish uchun esa qurilish materiallari sanoatini rivojlantirish, zamonaviy arxitektura talablariga javob beruvchi, yengil va zilzilabardosh, innovasion qurilish materiallarini mahalliylashtirish, ushbu sohaga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish muhimdir.

IMG_1469.JPG

Ayniqsa, eng zamonaviy, mukammal, uzoq yillar davomida sifatli xizmat qiladigan inshootlarni barpo etishda esa gazobeton va temir beton mahsulotlarining o‘rni ahamiyatli. O‘zining 29-yilligini nishonlagan “Turonbank” ATB bu jarayonlarda faol ishtirok etib, barcha tarmoqlar qatori energiya tejamkor qurilish materiallarini ishlab chiqarishni maqsad qilgan tashabbuskorlarni ham moliyaviy qo‘llab – quvvatlab kelmoqda.

IMG_1485.JPG

Bunga misol qilib, Navoiy viloyati Navoiy shahrida hududni iqtisodiy – ijtimoiy rivojlantirish dasturi doirasida amalga oshirilayotgan gazobeton va temir beton mahsulotlarini ishlab chiqarish zavodini tashkil etish loyihasini keltirishimiz mumkin. “Zarafshan Golden Group” MChJ tomonidan ilgari surilgan tashabbusning umumiy qiymati 10,7 mln. dollari bo‘lib, “Turonbank” ATB tomonidan birinchi bosqichda 10,7 mlrd. so‘m va ikkinchi bosqichda 6,8 mln. dollari miqdorida kredit mablag‘i ajratilgan. Bu moliyaviy ko‘mak rekonstruksiya va qurilish ishlarini amalga oshirish, asbob – uskunalar va maxsus texnikalar xarid qilish kabi ehtiyojlar uchun sarflanishi rejalashtirilgan. Texnologiyalar esa Xitoy va Germaniya davlatlaridan olib kelinadi.

IMG_1491.JPG

2020-yil ishga tushishi ko‘zda tutilayotgan zavod 35 ming 700 dona temir beton va 150 ming metr kub gazablok mahsulotlari ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘ladi. U nafaqat Navoiy viloyati balki qo‘shni shaharlarni ham sifatli va chidamli qurilish mahsulotlari bilan ta’minlab berishi turgan gap.

IMG_1496.JPG

Mubolag‘asiz aytishim mumkinki, bizning mahsulotlarimiz qurilish ishlari sifati va samaradorligini keskin oshirib, qurilish – montaj jarayonlari qiymatini bir necha baravar kamaytirishga ko‘maklashadi. Qishning qahratoni-yu, yozning jaziramasida ham o‘z mustahkamligini yo‘qotmaydi. Ahamiyatlisi, ular seysmik jihatdan ham ishonchli bo‘ladi. So‘nggi hisob – kitoblarimizga ko‘ra, 100 ga yaqin yangi ish o‘rni yaratilishi ko‘zda tutilgan. Ular asosan shu hududda iste’qomat qiluvchi mahalliy aholi bo‘lishi ko‘zda tutilmoqda. Bu ishlarni yo‘lga qo‘yishimizda albatta “Turonbank” ATBning moliyaviy ko‘magi katta ahamiyatga ega bo‘ldi dedi “Zarafshon Golden Group” kompaniyasi rahbari Ulug‘bek Fayziyev.         
Korxona rahbarining so‘zlariga ko‘ra, kelgusida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar turini yana-da kengaytirib, import o‘rnini bosuvchi qurilish materiallar sonini ko‘paytirish ham rejalashtirilmoqda. Bu esa keng ko‘lamda olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari davomida sifatni oshirib, turar – joylarning tannarxini maqbullashtirishga ko‘maklashadi.

IMG_1503.JPG

Aslida ham davlatimiz rahbari har bir yig‘ilishda ilgari surayotgan fikrlari mana shu. Xorijdan olib kelinadigan tovarlarni mahalliylashtirish, ularning  nomenklaturasini kengaytirib, mahalliy bozorlarda ularning turi va hajmini ortirib borishdir. Bu jarayonlarda esa “Turonbank” ATB o‘zining sifatli va tezkor xizmatlari bilan faol ishtirok etmoqda.