SMS-bank Sizning mobil telefoningizga jo‘natiladigan, bank hisob raqamingiz holati to‘g‘risidagi operativ ma’lumot
Turonbank o‘z mijozlariga SMS-Banking xizmatidan foydalanish imkonini yaratadi. Bu mijozning hisob raqami holati, o‘tkazilgan to‘lovlar hamda so‘nggi to‘lov xujjatlari to‘g‘risida operativ ma’lumot olishning eng qulay va zamonaviy usulidir.
SMS-Banking tizimi-bu bank xizmatlari bozorida takomillashib borayotgan yangi yunalish bo‘lib u mijozga xisob raqamning joriy qoldig‘i holatini SMS-xabarlar orqali kuzatish imkonini beradi.
SMS-Banking- tizimga bog‘lanish Sizga quyidagi operatsiyalarni amalga oshirish imkonini yaratadi:
- Hisob raqamingizning ayni vaqtdagi holati to‘g‘risida ma’lumot olish uchun so‘rov jo‘natish (hisob raqamning joriy qoldig‘ini aniqlash);
- Siz tomoningizdan o‘rnatilgan ko‘rsatkichlar doirasida hisob raqamingizdagi o‘zgarishlar to‘g‘risida bank tomonidan habar qabul qilish;
- Bank hisob raqami orqali amalga oshirilgan so‘nggi operatsiyalar to‘g‘risida ma’lumot olish.