Depozit haqida
Vaqtincha bo‘sh turgan pul mablag‘larini boshqarish yo‘li sifatida Turonbank yuridik shaxslarga korxona pul mablag‘larini foyda (protsent) olish sharti bilan bankka joylashtirishni tavsiya etadi, bu yo‘l mablag‘lardan mumkin qadar samarali foydalanish imkonini yaratadi.
O‘z pul mablag‘lari va daromadlarini rejalashtirishga o‘rgangan individual tadbirkorlar va yuridik shaxslar uchun Bank xilma-xil shart-sharoitlar, muddatlar va turli xil foyda (protsent) olish mumkin bo‘lgan qator maxsus depozitlarni ishlab chiqdi. Bankka qo‘yilgan mablag‘laringizning saqlanishi va daromad keltirishini kafolatlaymiz. Daromadlar foydasi ko‘yilgan mablag‘ summasi va muddatlarga bevosita bog‘liq.
Depozitga mablag‘ qo‘yish naqd pulsiz, faqat yuridik shaxs hisob raqamidan pul o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Bank depozitga qo‘yish uchun pul mablag‘larini milliy va chet el valyutasida qabul qiladi. Depozitning muddati tugagandan so‘ng depozit summasi va yig‘ilgan foydalar (protsentlar) bank depoziti shartnomasida ko‘rsatilgan omonatchining (depozitorning) rekvizitlariga o‘tkaziladi.
Depozitga pul qo‘yish afzalliklari:
- depozitga pul qo‘yish pul mablag‘larini saqlash va yig‘ishning qulay yo‘li bo‘lib, o‘z vaqtida egasiga qaytarilishi va to‘lanishi kafolatiga ega;
- korxonangizning vaqtincha bo‘sh turgan pul mablag‘lari ish berishi va Sizga barqaror daromad keltirishi mumkin;
- pul mablag‘larining qisqa muddatga ham, uzoq muddatga ham joylashtirish imkoniyatini beradi;
- depozitning muddati va undan olinadigan foyda (protsentlar) shartnomada qayd etiladi va bir tomonlama o‘zgartirilishi mumkin emas;
- shartnoma alohida shartlar asosida ham tuzilishi mumkin;
- depozitning qaytarilishi kafolatlanadi.
Оperatsiya turi | Fоizi (yillik, 365 kun hisobida) | Мiqdori | Sаqlash muddati |
Yuridik shaxs va yakka tartibdagi tadbirkorlardan milliy valyutada muddatli depozit jalb qilish | Мarkaziy bankning amaldagi qayta moliyalashtirish stavkasining ellik foizidan - Markaziy bankning amaldagi qayta moliyalashtirish stavkasi miqdori+to‘rt foizgacha | kamida 50,0 mln.so'm | 30 kundan 1yilgacha bo‘lgan muddatga |
Markaziy bankning amaldagi qayta moliyalashtirish stavkasi miqdori+besh foizgacha | 1 yildan 2 yilgacha bo'lgan muddatga | ||
Мarkaziy bankning amaldagi qayta moliyalashtirish stavkasi miqdori+olti foizgacha | 2 yil va undan ortiq muddatga |
Format: doc
Format: xlsx


