Muammoli aktivlar bilan ishlash yoʻnalishi boʻyicha malakali yuristlar ishga taklif etiladi.
Nomzodlar quyidagi talablarga javob berishi hamda kasbiy malakaga ega boʻlishi lozim:
- Oliy yuridik maʻlumot;
- Yurisprudensiya  sohasida kamida 3 yillik ish tajribasi;
- Oʻzbek va rus tillarida erkin soʻzlasha olish;     
- Moddiy va protsessual huquq asoslarini, shuningdek, fuqarolik va iqtisodiy (bank) qonunchilikni bilish;
- Fikrni yozma va ogʻzaki shaklda erkin va toʻgʻri ifodalash, tanqidiy fikrlash qobiliyati;
- Muzokaralar olib borish va huquqiy nizolarni hal qilish qobiliyati.
- Sud jarayonidagi aktivlarni nazorat qilish;
- Xatarlarni tushunish va ularni baholash qobiliyati;
- Shartnoma hujjatlarini tahlil qilish ko'nikmalari.
Bank tomonidan quyidagilar taklif etiladi:
- Rasmiy ishga qabul;
- Zamonaviy va qulay ofis;
- Xaftasiga 5/2 kunlik ish vaqti;
- Bank tomonidan malaka oshirish kurslari, treninglar, tadbirlarda ishtirok etish.