7 Okt 2026
“Turonbank” ATB Boshqaruv Raisi Ch.S.Mirzayev boshchiligidagi ishchi guruh Andijon viloyati Baliqchi tumanida bo‘lib, tuman hokimi J.Abdurayimov bilan birgalikda hududdagi yer va suv resurslaridan samarali foydalanish imkoniyatlarini o‘rgandi. Jumladan, limonchilikni rivojlantirish maqsadida jami 100 gektar yer maydonidan Navnihol MFYdagi 15 gektar hamda Nasriddinobod MFYdagi 12 gektar yer maydonlari ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, Baliqchi tumanida 2 gektarlik sanoat zonasini tashkil etish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi. Sho‘r MFYda yashovchi tadbirkor А.Yuldashevning qandolatchilik, xususan, novvot ishlab chiqarish loyihasi bilan tanishildi. Mavjud suv resurslaridan samarali foydalanish, tik quduqlar atrofidagi bo‘sh yer maydonlarini intensiv baliqchilikka ixtisoslashtirish, sun’iy suv havzalarini barpo etish hamda yuqori qo‘shilgan qiymatga ega forel yetishtirishni kengaytirish masalalari yuzasidan ham fikr almashildi.
Ishchi guruh Xonobod shahridagi Kampirovot suv ombori yaqinida joylashgan 10 gektar yer maydonida yiliga 2 ming tonna tovar mahsulot yetishtirish quvvatiga ega “Xonobod Xonbalig‘i” korxonasi faoliyatini ham ko‘zdan kechirdi. O‘rganishlar davomida ishlab chiqarish hajmini oshirish, suv resurslaridan samarali foydalanish va aholi daromadlarini ko‘paytirish imkoniyatlari muhokama qilindi.
Turonbank — tadbirkorlar bilan birga yangi imkoniyatlar sari!

Muallif: Matbuot xizmati
Manba:
Matbuot xizmati