Kartoshka urug‘chiligi sohasida ishonchli hamkorlik yo‘lga qo‘yildi.

"Bulung‘ur Agrostar" MChJ hamda  Niderlandiyaning “Agriko Co" LTD kompaniyasi o‘rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi. 

Mazkur loyiha doirasida 6 ming tonna sertifikatlangan elita kartoshka urug‘lari olib kelinadi. Ushbu urug‘lar aholiga, fermer xo‘jaliklariga, tomorqa egalari va dehqonlarga ustamasiz, ya’ni arzon narxlarda yetkazib berilishi rejalashtirilgan

Kartoshka urug‘larini yetkazib berish ikki bosqichda bajariladi: 2 ming tonnasi bahorgi ekin mavsumida, qolgan 4 ming tonnasi esa ikkinchi hosil uchun olib kelinadi.

photo_2025-10-29_10-50-16.jpg
photo_2025-10-29_10-50-15.jpg
photo_2025-10-29_10-50-14 (2).jpg
photo_2025-10-29_10-50-14.jpg
photo_2025-10-29_10-50-13.jpg