Moliyaviy savodxonlik va kibermadaniyat targ‘iboti davom etmoqda!

Ta’lim muassasalarida moliyaviy savodxonlikni oshirish, yoshlarning kibermadaniyatini yuksaltirish hamda onlayn firibgarliklardan ogoh etish maqsadida, “Turonbank” ATB tomonidan respublikaning turli hududlaridagi maktab va oliy ta’lim muassasalarida uchrashuvlar olib borilmoqda.

Ushbu tashabbus doirasida, joriy yilning 29-oktabr kuni Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumanidagi 105 hamda 23-maktablarda yuqori sinf o‘quvchilari bilan “Turonbank“ ATB vakillari ishtirokida suhbat va ochiq muloqot tarzidagi uchrashuvlar tashkil etildi.

Uchrashuv davomida yoshlarga bank xizmatlaridan foydalanish madaniyati, jamg‘arma va raqamli to‘lovlar afzalliklari, moliyaviy rejalashtirish, shuningdek, internetdagi firibgarliklardan himoyalanish bo‘yicha sodda va tushunarli tavsiyalar berildi.

O‘quvchilar muloqotda faol qatnashib, o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi va kundalik hayotda moliyaviy mas’uliyat hamda axborot xavfsizligining naqadar muhim ekanligini chuqur anglab olishdi.

Turonbank – yoshlarning moliyaviy savodxonligi va raqamli xavfsizligini oshirishda ishonchli hamkor!

photo_2025-10-30_10-52-16 (2).jpg
photo_2025-10-30_10-52-16.jpg
photo_2025-10-30_10-52-15.jpg
photo_2025-10-30_10-52-14 (2).jpg
photo_2025-10-30_10-52-14.jpg
photo_2025-10-30_10-52-13.jpg
photo_2025-10-30_10-52-12.jpg