“Turonbank” ATB Boshqaruv Raisi o‘rinbosari Z.Obidov boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan Farg‘ona viloyatida amalga oshirilayotgan issiqxona loyihalari joyiga chiqib o‘rganildi.

Bog‘dod tumani “Muruvvat” massivida bank krediti hisobidan tashkil etilgan 350 ta (har biri 10 sotixdan iborat) issiqxonalarda bahorgi agrotexnik tadbirlarning borishi tahlil qilindi. Ayrim issiqxonalarda suv ta’minoti bilan bog‘liq muammolar sabab ekish jarayonlari kechikayotgani aniqlanib, ushbu masalani tuman hokimligi bilan hamkorlikda tezkor hal etish bo‘yicha mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi.

Shuningdek, issiqxona egalari bilan hududlarni doimiy obodonlashtirish, yetishtirilgan mahsulotlarni sotishdan tushgan mablag‘larni o‘z hisob raqamlariga kirim qilib borish yuzasidan zarur tavsiyalar berildi.

Uchko‘prik tumani “Katta Qashqar” MFYda 30 nafar yoshlarga tegishli issiqxona loyihasi ko‘zdan kechirilib, ular bilan ochiq muloqot o‘tkazildi. Limon ko‘chatlari va oraliq ekinlarni ekish ishlarini joriy yil 15-aprelga qadar yakunlash bo‘yicha kelishuvga erishildi hamda hudud infratuzilmasini yaxshilash yuzasidan tuman hokimligi bilan tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.

Turonbank — tadbirkorlik va barqaror rivojlanish tarafdori

photo_3_2026-03-31_16-21-01.jpg
photo_2_2026-03-31_16-21-01.jpg
photo_1_2026-03-31_16-21-01.jpg
photo_6_2026-03-31_16-21-01.jpg
photo_5_2026-03-31_16-21-01.jpg
photo_4_2026-03-31_16-21-01.jpg